Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Xalq ta'limi vazirligi va Maktabgaça ta'lim vazirliklari tizimida hududlarda kuzatilgan moliyaviy xato va mablağlarni noqonuniy özlaştiriş holatlari haqida gapirdi.
Unga köra, xalq ta'limi tizimida 192 mlrd sömdan ziyod moliyaviy xato aniqlangan, 40 mlrd sömdan ortiq mablağ noqonuniy özlaştirilgan. Şuningdek, Beruniy tumanida 420 mln sömga qurilgan deya körsatilgan maktab filiali aslida qurilmagani aniqlangan.
«Xalq ta'limi tizimida 192 mlrd sömdan ziyod moliyaviy xato va kamçiliklar aniqlangan. Soxta hujjatlar asosida 40 mlrd sömdan ortiq mablağ, jumladan Dehqonobod, Çiroqçi, Qamaşi, Yakkaboğ tumanlari xalq ta'limi bölimlarida 8.7 mlrd sömlik iş haqi noqonuniy özlaştirilgan, milliardlab mablağlar samarasiz loyihalarga ajratilgan.
Tizimdagi quriliş-ta'mirlaş işlarida qariyb 6 mlrd söm notöğri sarflangan. Beruniy tumanida 420 mln sömga qurilib foydalanişga topşirildi deb körsatilgan maktab filiali aslida böm-böş yer bölib çiqqanini aqlga siğdira olmayman.
Bu kabi kamçiliklarni maktabgaça ta'lim tizimida ham köriş mumkin. Quyi böğinlarda juda katta moliyaviy xatoliklar bölyapti. 40 mlrd söm moliyaviy xatolik yuz bergan bölsa, qariyb 4.5 mlrd söm mablağ noqonuniy özlaştirilgan. Savol tuğiladiki, bu sohalarda içki nazorat yöqmi?» deya ta'kidladi Senat raisi.
















