Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilda Toshkentda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar
Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2016 yilda O‘zbekiston poytaxtida Islom, Sofya, Imron, Imona va Farzona ismlari eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘ldi, deb yozadi “Sputnik” nashri.
Egizaklarga esa an'anaviy Hasan-Husan, Fotima- Zuhra ismlari qo‘yilgan.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, Toshkent shahrida 19 mingga yaqin nikoh qayd qilingan. 2016 yilda 49881 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu 2015 yildagiga nisbatan mingtaga ko‘p.
Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatdagi demografik holat bo‘yicha hisobot e'lon qilgandi. Unga ko‘ra, respublika aholisi 2016 yilda 401,8 ming kishiga ko‘paygan va 32,121 million nafarni tashkil etgan.
O‘tgan yil davomida 726,8 ming bola dunyoga kelgan. Toshkent va Navoiy viloyatlarida tug‘ilish koeffitsiyenti sezilarli oshgan.
Mavzuga oid
20:30 / 24.01.2026
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
09:51 / 24.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
16:30 / 23.01.2026