Prezident Şavkat Mirziyoyev 23 yanvar kuni Olmazor tumani Hastimom mahallasi Zarqaynar köçasida taşkil etilgan turizm va xizmat körsatiş obektlari faoliyati bilan tanişdi.
Rasmiy xabarga köra, Olmazor tumanida 447 gektar hududni qamrab olgan turistik loyiha amalga oşirilmoqda: 15 ta mahallani özaro boğlovçi tuman ahamiyatidagi 6 ta köçada turizm va xizmat körsatiş obektlari barpo etiladi.
Zarqaynar köçasidagi bunyodkorlik işlari – ana şu loyihaning bir qismi. Bu hudud asrlar davomida şakllangan tarixiy qiyofasi, milliy me’morçilik an’analari va hunarmandçilik ruhi bilan ajralib turadi.

Respublika budjetidan ajratilgan 150 milliard söm hisobiga bu yerdagi 576 ta xonadon milliy körinişda ta’mirlanib, mahalla tarixiy muhitga uyğun qiyofa kasb etdi.
100 nafar tadbirkor tomonidan 166 milliard söm investitsiya kiritilgani natijasida 7 ta mehmonxona, 8 ta restoran, 5 ta hunarmandlik markazi, 1 ta savdo markazi, 125 ta xizmat körsatiş obektlari taşkil etildi, 1500 nafar fuqaro doimiy iş bilan ta’minlandi.

Davlat rahbari yangilangan köça böylab yurar ekan, milliy me’moriy uslubda ta’mirlangan xonadonlar, obod köçalar va aholi uçun yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi. Şu yerda istiqomat qilayotgan oilalar, turistlar, hunarmandlar bilan suhbatlaşdi.
“Hunarmandçilik – milliyligimizni ifodalaydigan asosiy yönalişlardan biri. Şu bois hunarmandlar mahsulot işlab çiqarişi uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratib beriş – bizning vazifamiz. Malakali kadrlar tayyorlaş zarur. Şu maqsadda hunarmandlar universitetini taşkil etiş maqsadga muvofiq. Biz tadbirkorlar bilan uçraşyapmiz, endilikda hunarmandlar bilan ham alohida uçraşuvlar taşkil etamiz”, – dedi prezident.
Mutasaddilarga turizm va xizmat körsatiş sohalaridagi işlarni yanada takomillaştiriş, mahallalardagi tarixiy muhitni asrab-avaylagan holda iqtisodiy faollikni oşiriş, eng muhimi, odamlar manfaatiga xizmat qiladigan barqaror tizimni şakllantiriş böyiça aniq topşiriqlar berildi.











