Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
Toshkent shahrining shamollar tabiiy ventilyatsiyasini nazorat qilish onlayn xaritasi ishga tushiriladi.
Foto: Anvar Ilyosov
Toshkent shahrida shamol yo‘nalishlari va shahar tabiiy ventilyatsiyasini urbanistik modellashtirish (Urban digital twins) tashkil etiladi.
Bu orqali:
– shaharga kirib keluvchi shamollar to‘xtab qolishi mumkin bo‘lgan zonalar aniqlanadi;
– shamol tezligi va uning yo‘nalishini o‘zgartiruvchi omillar belgilanadi;
– shaharning tabiiy ventilyatsiyasi koridorlarini aniqlab, unga ta’sir qiluvchi omillar, xususan, rejalashtirilgan binolar qavati pasaytiriladi, ochiq maydonlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi;
– aholi istiqomat qiluvchi mavzelarda datchiklar orqali havo (shamol) aylanishini nazorat qilib, uning harakatlanishini tezlashtirish omillari aniqlanadi.
Toshkent shahrining shamollar tabiiy ventilyatsiyasini nazorat qilish onlayn xaritasi ishga tushiriladi.
Tadqiqot natijalari bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, Toshkent shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Qayd etilishicha, quyidagilar uchun zarur bo‘lgan infratuzilmaning asoslari yaratiladi:
- Toshkent shahrida shamolning o‘rtacha tezligini (yerdan 1,5–3 metrdan boshlangan balandlikdagi) 25 foizgacha oshirish;
– atmosfera havosining ifloslangan holda shamolsiz to‘xtab qoladigan kunlar sonini bir yilda 30 foizga kamaytirishga erishish;
– atmosfera havosida PM 2.5 zarrachalari turib qoladigan kunlar sonini 25 foizga qisqartirish;
– yoz fasllarida ko‘chalarda infratuzilma shakllanadigan havo haroratini 0,5 – 1,5 darajagacha tushirish.
Mavzuga oid
19:36 / 13.02.2026
Toshkent bosh rejasi bahorda o‘zgartirilishi mumkin – Murad Buildings
11:25 / 13.02.2026
Toshkent ko‘chalariga panjaralar qaytyapti. Ular xavfli bo‘lgani uchun olib tashlangandi
10:38 / 12.02.2026
Toshkentdagi “Dna motors” avtosaloni mansabdorlari qamoqqa olindi
23:28 / 11.02.2026