Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashingtondagi uchrashuv arafasida Rossiya Xarkivga zarba berdi – fotosuratlar
Uyning yuqori qavatiga dron kelib urilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, shundan besh nafari bir oila a’zolari – ota, ona, 16 yoshli o‘smir, bir yarim yoshli qizcha va buvi.
18 avgust kuni Vashingtonda AQSh va Ukraina prezidentlari Donald Tramp hamda Volodimir Zelenskiyning uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak, muzokaralarda Yevropa yetakchilari ham ishtirok etishi ko‘zda tuilgan. Tomonlar urushni yakunlash imkoniyatini muhokama qilishadi.
Bundan oldin, 15 avgust kuni Tramp Alyaskada RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ularning muzokaralaridagi asosiy mavzu Ukraina bo‘ldi. Ankorijda o‘tkazilgan muzokaralar vaqtida Ukraina droni Kurskdagi turar joy binosiga borib urilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, 10 dan ortiq kishi jarohatlandi.
18 avgustga o‘tar kechasi Xarkivda Rossiya dronlari Sanoat rayonidagi besh qavatli uyga kelib urilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yetti kishi halok bo‘lgan, shundan besh nafari bir oila a’zolari bo‘lgan – ota, ona, 16 yoshli o‘smir, bir yarim yoshli qizcha va buvi halok bo‘lgan. Oblast ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, kamida 30 kishi jarohatlangan. Xarkiv shahri meri Igor Terexov erta tongda, odamlar uxlab yotgan paytda turar joy binosini mo‘ljallab zarba berilgani haqida yozdi. «Toza terror. Izohi ham, oqlovi ham bo‘lmagan terror», – dedi u telegram-kanalida. 18 avgust Xarkiv oblastida motam kuni deb e’lon qilindi. Quyida hujum joyida olingan kadrlar keltiriladi.
Mavzuga oid
09:26 / 27.12.2025
Zelenskiy: Belarus Rossiyaga Ukraina havo mudofaasini chetlab o‘tishga yordam beryapti
09:02 / 27.12.2025
Zelenskiy: 20 banddan iborat kelishuv 90 foizga tayyor
08:40 / 27.12.2025
Putin Ukraina bilan qisman “hudud almashinuvi”ga tayyor
08:25 / 27.12.2025