Ukrainadagi uruşni yakunlaş böyiça 20 banddan taşkil topgan tinçlik rejasi 90 foizga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy juma kuni, 26 dekabrda jurnalistlar bilan onlayn muloqot paytida bildirdi. “Bizning vazifamiz — hammasini 100 foiz tayyor holatga keltiriş”, — dedi u va “bu oson emas”ligini ta’kidladi.
Ukraina rahbarining sözlariga köra, u 28 dekabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan rejalaştirilgan uçraşuvda Kiyev uçun xavfsizlik kafolatlariga oid hujjatlar töplami, şuningdek hududiy masalalar va iqtisodiy rivojlanişni muhokama qiliş niyatida. Bu haqda RBK-Ukraina yozadi.
Bundan taşqari, Zelenskiy Moskva tinçlik rejasini imzolaşga heç qanday xohiş bildirmayotgani masalasini kötarmoqçi. “Rossiya doim rozi bölmaslik uçun sabab qidiradi. <...> Agar Ukraina öz pozitsiyasini körsatsa — u konstruktiv, Rossiya esa, masalan, rozi bölmasa — demak bosim kam”, — deb tuşuntirdi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy şuningdek, Ukrainada prezident saylovlari va referendum ötkaziş böyiça qonunçilik taşabbuslari allaqaçon mavjud ekanini, ammo bu boradagi asosiy masala xavfsizlikni ta’minlaş ekanini qayd etdi.
Ukraina prezidenti ta’kidlaşiça, yakuniy tinçlik şartnomasini muzokaralarda iştirok etayotgan tört tomon — Ukraina, AQŞ, Rossiya va Yevroittifoq bilan kelişmasdan turib imzolab bölmaydi.
Zelenskiy ofisida Ukraina va Amerika prezidentlari yakşanba kuni, 28 dekabrda Floridada uçraşişini tasdiqlaşdi, deb xabar beradi AFP agentligi.
Bundan oldin Volodimir Zelenskiy Donald Tramp bilan yaqin kunlarda uçraşişini e’lon qilgan edi. “Bir kunni ham boy bermayapmiz. Eng yuqori darajada — prezident Tramp bilan yaqin vaqtda uçraşuv haqida kelişib oldik. Yangi yilgaça köp narsa hal bölişi mumkin”, — deb yozgan u ijtimoiy tarmoqlarda.
Bir kun oldin Ukraina prezidenti AQŞning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Trampning maslahatçisi Jared Kuşner bilan “juda yaxşi” telefon suhbati ötkazganini bildirgan. “Iş jarayonining ayrim muhim tafsilotlarini muhokama qildik. Qöşma natija va uzoq muddatli tinçlik yölida iş berişi mumkin bölgan yaxşi ğoyalar bor”, — dedi Zelenskiy.
Avvalroq u Vaşington va Kiyev tomonidan kelişilgan, Ukrainadagi uruşni töxtatiş rejasining sönggi variantida Ukraina ba’zi yon berişlarga erişganini aytgan edi. Zelenskiy e’lon qilgan 20 bandli hujjat, xususan, frontning hozirgi çiziğini muzlatib qöyişni nazarda tutadi. Ayni paytda u qöşinlarni olib çiqiş va demilitarizatsiya qilingan zonalarni yaratiş uçun yöl oçadi.












