Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravshan G‘ulomov ishdan olindi
O‘zbekiston prezidentining iqtisodiy rivojlanish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan G‘ulomov lavozimidan ozod etildi.
Foto: Kun.uz
Ravshan G‘ulomov O‘zbekiston prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
U tark etgan lavozimida 2019 yil iyul oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.

Shuningdek, Obid Hakimov O‘zbekiston prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
Obid Hakimov avvalgi lavozimida 2019 yil oktyabridan buyon ishlab kelayotgandi.

Aziz Mag‘rupov O‘zbekiston prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi.
Mag‘rupov 2018–2023 yillarda prezident yordamchisi bo‘lgan. 2025 yil iyun-iyul oylarida prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi, iyul oyidan beri prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimida ishlayotgandi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025