O‘zbekiston | 08:10 / 31.07.2021
6360
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident oliy ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha qaror imzoladi

“Oliy ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2021/2022 o‘quv yilidan respublikadagi barcha oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta'lim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta'lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Bunda: 

  • tijorat banklari ta'lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;
  • ta'lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
  • ta'lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a'zolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan ta'lim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Moliya vazirligi huzurida Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘armaga 2021 yilda kamida 1 trillion so‘m, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘lar ajratiladi.

Mavzuga oid