Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi
“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari mamlakatning demografik, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlariga asosan har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi.
Foto: Kun.uz
“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Qonun oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qonun aholining oziqlik qimmatiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan xavfsiz ovqatlanishini ta’minlashga, samarali bozor mexanizmlarini shakllantirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarishga nisbatan tatbiq etiladi.
Vazirlar Mahkamasi oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelganda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni belgilaydi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning maqsadi mamlakat aholisining ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarish hisobiga qanoatlantirishdan iborat.
Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari mamlakatning demografik, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlariga asosan har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
11:31 / 17.02.2026
Toshkentda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etildi
07:21 / 17.02.2026
Qaysi davlatlarda aholining katta qismi bepul oziq-ovqat oladi?
17:55 / 13.01.2026
Issiqxonachilik sohasi qayta ko‘rib chiqiladi. Buning uchun Loyiha ofisi ochilmoqda
13:23 / 10.01.2026