Milliy statistika qömitasi 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida Özbekistonda işlab çiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi böyiça ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga köra, hisobot davrida mamlakatda 128,6 trln sömlik oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarilgan.

Hududlar kesimida işlab çiqariş hajmi quyidagiça qayd etilgan:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi — 5,8 trln söm;
  • Andijon viloyati — 7,6 trln söm;
  • Buxoro viloyati — 9,6 trln söm;
  • Jizzax viloyati — 2,9 trln söm;
  • Qaşqadaryo viloyati — 9 trln söm;
  • Navoiy viloyati — 6,6 trln söm;
  • Namangan viloyati — 6,8 trln söm;
  • Samarqand viloyati — 17,3 trln söm;
  • Surxondaryo viloyati — 2,8 trln söm;
  • Sirdaryo viloyati — 4,6 trln söm;
  • Toşkent viloyati — 17,2 trln söm;
  • Farğona viloyati — 9,4 trln söm;
  • Xorazm viloyati — 4,9 trln söm;
  • Toşkent şahri — 24 trln söm.

Qayd etilişiça, mazkur davrda eng katta uluş Toşkent şahri (24 trln söm) hissasiga töğri kelgan. Keyingi örinlarda Samarqand viloyati (17,3 trln söm) va Toşkent viloyati (17,2 trln söm) qayd etilgan.