Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etildi
Prezident topshiriqlari ijrosi doirasida muborak Ramazon oyi munosabati bilan Toshkent shahri tumanlarida aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida maxsus yarmarkalar yo‘lga qo‘yildi.
Ramazon oyi munosabati bilan Toshkent shahri tumanlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etildi. Ushbu yarmarkalar aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan qulay va maqbul narxlarda ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdek, yarmarkalar orqali bozorlarda narxlarning sun’iy ravishda oshirilishining oldini olish ham ko‘zda tutilgan.
Yarmarkalar quyidagi manzillarda tashkil etilgan:
- Yashnobod tumani — «Aviasozlar» dehqon bozori;
- Yakkasaroy tumani — «Askiya» dehqon bozori;
- Chilonzor tumani — Chilonzor dehqon bozori;
- Mirobod tumani — Mirobod dehqon bozori;
- Mirzo Ulug‘bek tumani — «Navro‘z» dehqon bozori;
- Yunusobod tumani — «Oloy» dehqon bozori va Yunusobod dehqon bozori;
- Sergeli tumani — Sergeli dehqon bozori;
- Uchtepa tumani — «Farhod» dehqon bozori;
- Shayxontohur tumani — «Eski Juva» dehqon bozori;
- Bektemir tumani — «Qo‘yliq» dehqon bozori;
- Olmazor tumani — «Qoraqamish» dehqon bozori.
Ma’lum qilinishicha, yarmarkalar Ramazon oyi davomida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
07:00 / 24.05.2026
Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha avia va avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
13:38 / 21.05.2026
Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
13:40 / 20.05.2026