Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat vazirligi 1 fevraldan boshlab kiritiladigan tarif stavkalari miqdorini e'lon qildi
Foto: KUN.UZ
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2020 yil 1 fevral kunidan boshlab kiritiladigan tarif stavkalari miqdorini e'lon qildi.
Ma'lumotda tarif razryadlari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 sentyabrdagi 775-son qarori 1-ilovasida belgilangan YaTSning tarif koeffitsiyentlari va prezidentning 2019 yil 30 dekabrdagi PQ-4555-son qarori 7-bandi va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 sentyabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan tarif koeffitsiyentlari asosidagi, 2020 yil 1 fevraldan boshlab kiritiladigan tarif stavkalari so‘mda keltirilgan.
2020 yil 1 fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi.
2020 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 679 330 so‘m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 238 610 so‘m;
eng kam yoshga doir pensiyalar — oyiga 466 680 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 466 680 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 286 390 so‘m etib belgilandi.

Soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun patent (litsenziya) to‘lovlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladigan bazaviy hisoblash miqdori — 223 000 so‘m o‘zgarishsiz qoldirildi.
Mavzuga oid
10:48 / 13.12.2024
YeMB uchta asosiy foiz stavkasini yana pasaytirdi
12:40 / 18.10.2024
YeMB barcha uchta asosiy foiz stavkasini pasaytirdi
12:00 / 19.09.2024
AQSh FZT 2020 yildan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
15:51 / 14.09.2024