Yevropa Markaziy banki (YeMB) 12 dekabr, payşanba kuni bölib ötgan boşqaruv kengaşi yiğilişida yevrohududdagi barça uçta asosiy foiz stavkalarini 0,25 foiz punktga pasaytirdi. Yiğiliş yakunlari böyiça e’lon qilingan xabarda aytilişiça, 18 dekabrdan boşlab depozit stavkasi 3 foiz, asosiy qayta moliyalaş operatsiyalari stavkasi 3,15 foiz, marjali kreditlar böyiça stavka esa 3,4 foiz böladi.

Bu YeMB yevrozonada inflatsiyaning sekinlaşuvi fonida pul-kredit siyosatini bosqiçma-bosqiç yumşatiş siklini boşlagan iyun oyidan beri stavkalarni törtinçi marta pasaytirişdir.

YeMB inflatsiyani 2 foizga tuşirmoqçi

Bank boşqaruvi yevrohududda inflatsiyani 2 foiz darajasida barqarorlaştirişni rejalaştirmoqda. 2024 yil oxiriga borib u 2,4 foizni taşkil qilişi kutilmoqda. Şu bilan birga, noyabr oyida bazaviy inflatsiya 2,3 foizni taşkil etdi.

Şu bilan birga, Germaniyada oktyabr oyida inflatsiya yillik hisobda 2 foizni taşkil etdi. Avgust oyida bu körsatkiç 1,9 foizga, sentabrda esa 1,6 foizga teng bölgan. Germaniyada inflatsiya ösişining asosiy omillari oziq-ovqat va xizmatlar narxining oşişi böldi.

YeMB iyundan beri stavkalarni pasaytirmoqda

Iyun oyi boşida Yevropa Markaziy banki yevrohududdagi asosiy stavkani 2019 yildan beri birinçi marta yillik 4,5 foizdan 4,25 foizgaça pasaytirdi. Öşanda bu yumşatiş Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi natijasida yuzaga kelgan energiya inqirozi boşlanganidan beri pul-kredit siyosatidagi birinçi qadam edi.

Sentyabr va oktyabr oylarida yana ikkita pasayiş kuzatildi.