O‘zbekiston | 13:06 / 24.12.2019
44022
1 daqiqa o‘qiladi

Qaysi viloyatlarda maktablar soni eng kam ekani ma'lum bo‘ldi

2019-2020 o‘quv yilida O‘zbekiston umumta'lim maktablarida o‘quvchilar soni 6 119 440 nafarni, shundan 3 150 969 nafari o‘g‘il bolalar va 2 968 471 nafari qizlarni tashkil etdi.

Xalq ta'limi vazirligiga ko‘ra, 2018-2019 o‘quv yilida mamlakat maktablarida 5 821 861 o‘quvchi, jumladan 2 981 745 nafar o‘g‘il bola va 2 840 116 nafar qiz bolalar ta'lim olgan.

Eng ko‘p maktablar Samarqand (1245 ta), Qashqadaryo (1144 ta) va Farg‘ona viloyatida (942 ta) faoliyat yuritadi.

O‘quvchilar soni bo‘yicha ham aynan shu hududlar yetakchilik qilmoqda: Samarqand viloyatida - 719 684 nafar, Farg‘ona viloyatida - 660 780 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida - 627 328 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Eng kam maktablar Navoiy (364 ta) va Sirdaryo viloyatida (309 ta) faoliyat olib bormoqda. Mazkur hududlarda, ya'ni Navoiy viloyatida 178 060 va Sirdaryo viloyatida 155 981 nafar o‘quvchi ta'lim oladi.

Mavzuga oid