O‘zbekiston | 22:28 / 28.02.2017
7021
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Boeing-767 o‘quv-mashg‘ulot simulyatori bilan ta'minlanadi

Joriy yilning mart oyida «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Kanadaning SAYe kompaniyasining Boeing-767 Full-flight-simulyatorini (FFS) oladi. 

Bu trenajyor yordamida aviakompaniya uchuvchilari bu turdagi samolyotlarni uchirish malakalarini mustahkamlaydilar. 

FFS Boeing-767 trenajyori aviatsion trenajyorlar ishlab chiqarishda yetakchi hisoblangan SAYe kompaniyasining eng yangi ishlanmasidir. U zamonaviy dasturiy ta'minot, vizuallashtirish va 6 ta erkinlik darajasiga ega harakatchan tizimlar bilan jihozlangan, unda parvozning ham yerdagi, ham havodagi turli ssenariylari bo‘yicha mashg‘ulot o‘tash mumkin. Bundan tashqari, simulyatorning kompyuter tizimiga kiritilgan ma'lumotlar bazasi unda dunyoning istalgan nuqtasiga xayolan parvoz qilish va dunyoning ko‘plab aeroportlarida uchib-qo‘nishga imkon beradi.

Trenajyorni texnik qo‘llab-quvvatlash uchun 1-bosqichda kanadalik mutaxassislar tomonidan milliy aviakompaniyaning o‘quv-mashg‘ulot markazida aviakompaniyaning 8 nafar muhandisi o‘qitiladi va ular FFS’ga mustaqil xizmat ko‘rsatishga ruxsat oladilar.

Bugungi kundan MAKning trenajyorlar majmuasida Boing-757, A320 va Il-114-100 samolyotlarining trenajyorlari mavjud. Bu qurilmalar aviakompaniyaga nafaqat o‘z uchuvchilarini, balki xorijiy aviakompaniyalar uchuvchilarini o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni taklif qilishga imkon beradi.

Yangi simulyatorning joriy yilning iyunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid