South China Morning Post xabariga köra, voqea duşanba kuni ertalab Dubaydan uçgan samolyot qönayotgan vaqtda sodir bölgan.
Duşanba kuni ertalab Hongkong xalqaro aeroportining şimoliy uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketgan yuk samolyoti yerusti transporti bilan töqnaşib ketişi va dengizga qulab tuşişi oqibatida ikki kişi halok bölgani xabar qilindi.
Samolyot bortida bölgan ikki kişi dastlab bedarak yöqolgani haqida xabar berilgan. 30 yoşli şaxs dengizdan olib çiqildi, biroq voqea joyida vafot etgan. 41 yoşli ikkinçisi Şimoliy Lantau kasalxonasiga yetkazilgan va u yerda vafot etgan.
Samolyotning tört nafar ekipaj a’zosi jabrlanmagan.
Aeroportning şimoliy uçiş-qöniş yölagi avariya holati örganib çiqilgunga qadar vaqtinça yopilgan.








