Usmonxon Alimov lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi.
Bugun, 10 sentabr kuni Xalqaro Islom akademiyasida diniy idora, uning viloyatlardagi vakilliklari xodimlari, hukumat huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati, prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tgan, ammo idora raisi o‘z lavozimida qolgan.
Muftiy lavozimini tark etgani to‘g‘risida dastlab Azon.uz sayti xabar tarqatgandi, keyinroq Kun.uz manbalari bu ma'lumotni tasdiqlagandi.
Ma'lumot uchun, Usmonxon Alimov 1950 yili Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Buxorodagi «Mir Arab» madrasasi va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma'hadida tahsil olgan.
U uzoq yillar davomida Samarqand viloyatidagi «Imom Buxoriy» jome masjidida imom-xatib bo‘lib ishlagan. 2000—2006 yillari O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili, 2006 yil avgustdan diniy idora raisi, muftiy sifatida ishlab kelgan.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 07:45
-
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
Sport | 07:43
-
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
O‘zbekiston | 07:30
-
Olimlar ekstremal issiq va sovuqqa bardoshli «supermetall»ni yaratdi
Fan-texnika | 00:23
Mavzuga oid

19:21 / 16.08.2021
Ishtixonda muftiy Usmonxon Alimovning janoza namozi o‘qildi

14:11 / 16.08.2021
Prezident muftiy oilasiga ta'ziya bildirdi

20:29 / 15.08.2021
Prezident Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

11:51 / 15.08.2021