Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoşida vafot etdi. Özbekiston musulmonlari idorasi va Din işlari böyiça qömitadagi manbalar bu ma'lumotni Kun.uz'ga tasdiqladi.
Hozirda muftiy tuğilib ösgan Samarqand viloyatida dafn marosimiga tayyorgarlik körilmoqda.
Joriy yilning iyul oyida Özbekiston musulmonlari idorasi muftiyning salomatligi töğrisida internetda tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirib, Usmonxon Alimov salomatligini yaxşilaş uçun Moskvada davolaniş muolajalarini olayotganini bildirgan edi.
Jamoatçilikni asossiz va voqelikka töğri kelmaydigan xabarlarni tarqatmaslikka çaqirgan idora muftiyning salomatligi barqaror ekanligini bildirgandi.
Oradan bir hafta ötib, Özbekiston musulmonlari idorasi muftiy Usmonxon Alimov Moskvada öpka-qon tomir kasalliklari muolajasini ötayotgani va malakali şifokorlar barça zaruriy çora-tadbirlarni amalga oşirayotgani haqida bayonot berdi.
Usmonxon Alimov Samarqand viloyati Iştixon tumanida tavallud topgan. 1982—1983 yillarda Buxoro şahridagi Mir Arab madrasasida, 1983—1987 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutida, 1989—1990 yillarda esa Marokaşning «Karaviyn» dorilfununida tahsil olgan.
Usmonxon Alimov Payariq tumanida joylaşgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980—1982 yillarda imom-noib, 1987—1989 yillarda, söngra yana 1990—2006 yillar mobaynida uşbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritgan.
2000—2006 yillarda Özbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, boş imom-xatibi sifatida işlagan. 2006 yildan to hozirga qadar Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida işlab kelayotgan edi.












