Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 avgust kuni xastalik tufayli vafot etgan Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning ta'ziyali xonadoniga taşrif buyurib, marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi.

Usmonxon Alimov 1950 yil 1 yanvarda Samarqand viloyati Iştixon tumanida tuğilgan. Buxoro şahridagi Mir Arab madrasasida, Toşkent islom institutida, Marokaş davlatining Qaraviyyin universitetida tahsil olib, islom dini asoslarini, arab va fors tillarini çuqur örgangan.

U 1980-2006 yillarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidida imom noibi, imom-xatib vazifalarida işlagan. 2000-2006 yillarda Samarqand viloyati boş imom-xatibi bölgan.

Usmonxon Alimov 2006 yildan buyon Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Boy bilim va tajribasini ezgu amallarga safarbar etdi.

Davlat rahbarining taşrifi, hamdardlik sözlari oğir judolikka uçragan köngillarga taskin böldi. 

Marhumning haqiga duo qilindi.

Prezident muftiyning ezgu işlarini yodga oldi.

– Hammamiz uçun katta yöqotiş böldi. Uluğ inson edilar. Bilimi, mehnatsevarligi, kamtarinligi bilan elimizda obro‘ topgan edilar. Bu balo butun dunyoga azob olib keldi, qança yöqotişlar bölyapti. Qölimizdan kelgan hamma harakatni qildik. Lekin Allohning irodasi ekan. Ilohim, joylari jannatda bölsin. U kişini yaxşi nom bilan eslab, işlarini davom ettirib, ruhlarini şod qilaylik, – dedi Şavkat Mirziyoyev.