O‘zbekiston | 18:07 / 21.09.2018
16121
1 daqiqa o‘qiladi

Odamlarni transport vositasida tashish qanday hollarda taqiqlanadi?

Foto: KUN.UZ

Odamlarni transport vositasida tashish ba'zi holatlarda taqiqlanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.

Xususan, bu quyidagi hollarda taqiqlanadi:

avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon-yukxonali avtomobillarda odam tashishdan tashqari);

traktorlar va boshqa o‘ziyurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida;

mototsikllarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylaridan tashqarida;

12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek yengil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan bo‘lsa, uning oldingi o‘rindig‘ida;

12 yoshga to‘lmagan bolalarni hisobga olmaganda, odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lganda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq haydovchilik guvohnomasini almashtirishga qancha vaqt ketishi ma'lum qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid