Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi
Ta’kidlanishicha, bu yo‘nalish davlatlar o‘rtasida eksport va import yuk tashuvlari hajmini oshirishga, savdo aloqalari geografiyasini kengaytirishga hamda tovarlarni yetkazib berish muddatini qisqartirishga xizmat qiladi.
Foto: Transport vazirligi
Transport vazirligi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish, avtomobil transportida yangi yo‘laklarni o‘zlashtirish maqsadida «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy – Mo‘g‘uliston» bo‘ylab birinchi yuk tashuvi sinov tariqasida tashkil etildi.
Ta’kidlanishicha, bu yo‘nalish davlatlar o‘rtasida eksport va import yuk tashuvlari hajmini oshirishga, savdo aloqalari geografiyasini kengaytirishga hamda tovarlarni yetkazib berish muddatini qisqartirishga xizmat qiladi.
Ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik va ushbu transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlar natijasida savdo aylanmasi o‘sishi va transport-logistika aloqalarining kengayishi kutilmoqda.
Qayd qilinishicha, dunyo logistika bozoridagi vaziyatni inobatga olganda, mazkur koridorning rivojlanishi o‘zbek milliy tashuvchilari uchun o‘z biznesini kengaytirish, samaradorlikni oshirish hamda mintaqaviy va global darajadagi o‘rinlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Mavzuga oid
11:24
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026