Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxmat olimpiadasi chempionlariga pul mukofotlari topshirildi
Sport vazirligida o‘tgan tadbirda besh nafar chempionning har biriga prezident farmoniga muvofiq 600 mln so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.
Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Hindistonning Chennay shahrida o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga pul mukofotlari topshirildi.
Mukofot naqd shaklda, 200 ming so‘mlik yangi kupyuralarda topshirildi. Taqdirlash tadbiri Sport vazirligi binosida bo‘lib o‘tgan.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda sport vaziri o‘rinbosari M.Ismoilov, Yoshlar ishlari agentligi direktori, shaxmat federatsiyasi raisi A.Sa’dullayev, federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari X.Turdaliyev hamda chempion shaxmatchilar – Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov hamda ularning ota-onalari ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi shaxmat olimpiadasida biror turda mag‘lubiyatga uchramagan jamoa bo‘ldi.
Jamoa a’zolari prezident farmoni bilan “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Ularga prezident sovg‘asi sifatida Equinox avtomobillari topshirildi.
Musobaqada 162 ta jamoa orasida 31-o‘rinni egallagan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari esa “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilda bo‘ladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.
Mavzuga oid
22:55 / 30.12.2025
Nodirbek Abdusattorov Blits bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi
22:15 / 21.12.2025
O‘zbekiston yosh shaxmatchilari jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
13:57 / 12.12.2025
Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025: Sindorov finalni 4-o‘rin bilan yakunladi
12:25 / 05.12.2025