Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash agentliklari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha namoyishlar davom etmoqda
Ukrainaning qator shaharlarida fuqarolar NABU va SAP korrupsiyaga qarshi kurash agentliklarining mustaqilligini cheklovchi shov-shuvli qonunga qarshi ko‘chalarga chiqdi.
Kiyev va Ukrainaning bir qator boshqa shaharlarida 23 iyul, chorshanba kuni kechqurun Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi (NABU) va Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura (SAP) mustaqilligini cheklovchi qonunga qarshi namoyishlar davom etdi.
Bu qonun Oliy rada tomonidan 22 iyul kuni qabul qilingan. O‘sha kuni kechqurun noroziliklarga qaramay, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uni imzolagan edi.
23 iyul kuni Kiyevdagi Ivan Franko maydonida, Ukraina prezidenti devoni binosidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda bir necha ming kishi yig‘ildi. Kelganlar Ukrainaning korrupsiyaga qarshi kurash organlarini aralashuv va bosimlardan himoya qilishni talab etdi. Ular «Uyat», «Bekor qilish» va boshqa shu kabi shiorlar bilan chiqqan. Ba’zilarning qo‘lida «12414 — veto!», «Hokimiyat = xiyonat», «Biz yana shu yerdamiz», «Zulmga qarshimiz», «Yanukovichni esga oling», «Mening qo‘rquvim - tikib qo‘yilgan og‘iz», «NABU va SAPning oxiri — korrupsiya davri boshlanishi» yozuvlari bo‘lgan plakatlar bor edi.
OAV xabarlariga ko‘ra, 23 iyul kuni xuddi shunday norozilik namoyishlari Zaporijjya, Xarkiv, Dnipro, Mikolayiv, Lviv va boshqa shaharlarda ham bo‘lib o‘tgan. Xabar qilinishicha, ularni ko‘plab yoshlar qo‘llab-quvvatlagan. Bundan tashqari, norozilik namoyishlariga jamoat arboblari, sobiq harbiylar va sobiq harbiy asirlar qo‘shildi.
Mavzuga oid
15:04
Yaponiya Politico xabariga raddiya berdi: «YeI rejasiga qarshi emasmiz»
13:05
Zelenskiy: urushni to‘xtatish uchun bandlarni AQShga topshirishga tayyormiz
12:53
Zelenskiy urush davrida saylovlar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi
11:44