O‘zbekiston | 14:47 / 18.01.2022
14222
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Foto: Getty Images

Farg‘ona shahridagi xonadonlardan biridan ikki kishining jasadi topilgan, shuningdek, shu xonadonga mehmonga kelgan bir kishi shifoxonaga olib borilishiga qaramay vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 14 yanvar kuni soat 13:00 da Farg‘ona shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini Abdulla Qodiriy ko‘chasi 43-uy, 44-xonadonda yashovchi ikki nafar fuqarolar jasadi hamda shu xonadonga mehmonga kelgan fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy tez yordam ilmiy markazi, Farg‘ona filialiga olib borilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra fuqarolar is gazidan zaharlangani gumon qilinayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur favqulodda vaziyatni o‘rganish bo‘yicha shahar komissiya tarkibi tasdiqlangan.

Avvalroq Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid