BRICS mamlakatlari rahbarlari Putinni yana tug‘ilgan kuni bilan tabriklamadi
BRICS mamlakatlari rahbarlari Rossiya prezidentini ikkinchi yildirki, tug‘ilgan kuni bilan tabriklamayapti. Bu yil Putin Ukrainada urush boshlanganidan beri xorijiy davlat rahbarlaridan eng kam tabrik oldi.
Ketma-ket ikkinchi yil BRICS'ga a’zo davlatlar rahbarlaridan hech biri Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklamadi. Bundan tashqari, bu yil Rossiya prezidentiga 2022 yil fevralida Ukrainada urush boshlanganidan beri xorijiy davlat rahbarlaridan eng kam tabriklar keldi. "Agenstvo" nashri 7 oktyabr, dushanba kuni Kreml matbuot xizmatining tegishli xabarlarini tahlil qilib, dunyo yetakchilaridan faqat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Putinga qo‘ng‘iroq qilgani, qolganlari telegrammalar bilan cheklangani to‘g‘risida xabar berdi.
Natijada Putinni 72 yoshga to‘lishi bilan sakkiz nafar xorijiy davlat rahbarlari: Nikaragua prezidenti Daniel Ortega, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Markaziy Afrika Respublikasi prezidenti Faustin-Archange Tuadera, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Bahrayn qiroli shayx Hamad bin Iso Al Xalifa tabrikladi.
Bundan bir yil avval Putinni 10 ta davlat rahbari tabriklagan edi. 2022 yilda, Rossiya prezidenti 70 yoshga to‘lganda, 14 dunyo yetakchilaridan, jumladan, Xitoy raisi Si Jinping, KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen In va Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosadan tabriklar keldi.
2021 yilda, Rossiya Ukrainaga hujum qilishidan oldin, Putinni Isroil, Yaponiya, Turkiya, Ozarboyjon, Armaniston va boshqa bir qator davlatlar rahbarlari telefon orqali tabriklagan. Shuningdek, u Si Jinping va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichdan telegrammalar olgan.
Mavzuga oid
07:55 / 20.12.2024
Zelenskiy Putinning «Oreshnik» bilan «duel» haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
23:27 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
21:49 / 19.12.2024
«Bu raqibga pozitsiyalarida mustahkam o‘rnashishga imkon berish demak». Putin - Ukraina bilan sulh ehtimoli haqida
21:07 / 19.12.2024