Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘ta tez va ko‘rinmaydigan. Yangi noyob dron yaratildi
Foto: Advance
Manchester universiteti va BAE Systems Magma UAV noyob uchuvchisiz uchar qurilmasini sinovdan o‘tkazishning navbatdagi bosqichini yakunladi. Dron zamonaviy samolyotlar uchun odatiy bo‘lgan yopqichlarga hamda qanotning boshqa mexanizatsiyalariga ega emas, bu unga shu toifadagi uchuvchisiz uchar qurilmalar orasida eng “payqalmaydigan” bo‘lish imkonini beradi, deb xabar qilmoqda Advance.
Qanot yopqichlari bo‘lmagani sabab reaktiv uchuvchisiz uchar qurilmani boshqarishda ikki texnologiya yordam beradi. Birinchisi – bu Wing Circulation Control bo‘lib, dvigatel ishidan gazlar oqimini qanotning orqa yuzasiga yo‘naltiradi. Bu oqimni tartibga soladi, uchuvchisiz uchar qurilmani qo‘shimcha mexanizmlardan foydalanmay turib boshqarish mumkin. Boshqa bir texnologiya ham bor: Fluidic Thrust Vectoring, u havo oqimini gazlarni chiqaruvchi vektorni boshqarishda ishlatadi, bu esa tortuvchi kuch tashqi vektorini yaratishi lozim. Shuningdek bu qo‘shimcha boshqarish imkoniyatini ham taqdim etadi.
Shu tariqa, britaniyalik muhandislar uchuvchisiz uchar qurilma konstruksiyasida istalgan harakatlanuvchi mexanik detallardan foydalanmaslikning uddasidan chiqishdi. Bu uning radiopayqalish darajasini kamaytirib, deyarli ideal josuslik qurilmasiga aylantiradi. Britaniyalik mutaxassislarning ishonch bildirishicha, texnologiya sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, mexanizatsiyalangan qanotni yaratish texnologiyasi boshqa uchar qurilmalarga ham o‘tkazilishi mumkin.
Mavzuga oid
23:06 / 19.12.2025
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
13:19 / 19.12.2025
Ukraina Oryol, Lipetsk, Voronej va Rostovga dronlar bilan hujum qildi
10:46 / 19.12.2025
Yo‘l qurilishida dron va kosmik tasvirlar asosida monitoring joriy etiladi
11:38 / 18.12.2025