Litvaning Varena tumanida, Belarus bilan çegara yaqinida, noma’lum obekt quladi. Bu haqda 23 mart, duşanba kuni mamlakat Mudofaa vazirligi xabar qildi. Litva qurolli kuçlari vakilining sözlariga köra, “eng ehtimoliy taxmin” şuki, bu Belarus tomonidan uçib kelgan dron bölgan.

Obekt Belarus bilan çegaradan taxminan 30 km uzoqlikda joylaşgan Lavisos qişloği yaqiniga qulagan. Litva milliy radio va televideniyesi (LRT) gaplaşgan mahalliy aholi vakillari tungi soat uçlar atrofida “obektning qattiq ğuvullaşini, söng kuçli portlaşni” eşitganini aytdi.

LRT muxbirining xabar berişiça, hodisa joyida dron parçalari yotibdi. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.

Litva hukumati rahbari Inga Ruginene noma’lum obekt uçib kelgani munosabati bilan milliy xavfsizlik komissiyasi yiğilişini çaqirdi. Yiğiliş 24 mart ertalabga belgilangan.

“Hodisa joyida politsiya, yonğin xavfsizligi va qutqaruv departamenti iş olib bormoqda, u yerga Harbiy-havo kuçlari vertolyoti va boşqa kuçlar yönaltirilmoqda — ‘Qalqon’ rejasi faollaştirildi”, — deb yozdi Ruginene Facebook sahifasida.

Litva bundan avval ham Belarus tomonidan uçib kelgan dronlar va meteoşarlar haqida bir neça bor xabar bergan edi. 2025 yil oktyabrida şu sababli Vilnyus aeroporti işini vaqtinça töxtatgan. Dekabr oyida esa hukumat Belarusdan kontrabanda bilan ommaviy havo şarlari uçirilişi davom etayotgani sababli butun mamlakat hududida favqulodda holat rejimi e’lon qilgan edi.

2025 yil avgust oyida NATO a’zosi bölgan Litva Belarus hududi tomonidan dronlar kirib kelişiga javoban çegara böylab 90 kilometrli parvozlar taqiqlangan hudud taşkil etganini e’lon qilgan. Vilnyus Belarus çegarasidan taxminan 30 km uzoqlikda joylaşgan, umumiy çegara uzunligi esa 679 kmni taşkil qiladi. Vilnyus aeroporti Boltiqböyi mamlakatlari içida yölovçi oqimi böyiça ikkinçi örinda, birinçi örinda esa Riga aeroporti turadi.