O‘zbekiston | 16:57 / 14.09.2021
5730
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda O‘zbekistonga snayper va avtomat qurollar o‘qlarini olib kirmoqchi bo‘lgan xorij fuqarosi ushlandi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga snayper miltig‘i va «Kalashnikov» qurollarining o‘qlarini olib kirmoqchi bo‘lgan xorij fuqarosi ushlangan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasiga qarashli Sariosiyo tumanida joylashgan «Sariosiyo» chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan xorij fuqarosi M.A.ning qo‘l sumkasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, nazorat davomida skaner tasvirlari qo‘l sumkasi ichida shubhali jism borligini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng sumka bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda uning ichida kontrabanda predmeti hisoblanuvchi 1 dona SVD snayper miltig‘ining va 3 dona «Kalashnikov» qurollari turkumiga kiruvchi AKS, AK-47, AKM rusumli avtomatlarning jangovar patronlari borligi aniqlangan.

Mavzuga oid