Shveytsariya hukumati ko‘llardagi o‘q-dorilarni yig‘ib olish uchun eng yaxshi g‘oyalarga 58 ming dollar va’da qildi
Mamlakatning xushmanzara ko‘llari tubida eski o‘q-dorilar qolib ketmoqda. Hukumat ularni ekologik toza va xavfsiz usullarda yig‘ishtirib olish yo‘lini qidirmoqda.

Foto: VBS-DDPS
Shveytsariya hukumati mamlakatdagi xushmanzara ko‘llar tubidan eski o‘q-dorilarni qanday olib chiqish masalasida g‘oyalar tanlovini e’lon qildi.
Mamlakatning mudofaa xaridlari bo‘yicha federal idorasi (Armasuisse) avgust boshida bergan bayonotga ko‘ra, eng yaxshi uchta g‘oya mualliflari 50 000 Shveytsariya franki (58 ming dollar) miqdoridagi sovrinni bo‘lishib oladi.
Tanlovda g‘olib chiqqan g‘oyalar yaqin orada amalga oshirilmagan taqdirda ham kelajakda suv osti o‘q-dorilari muammosini hal qilish bo‘yicha tadqiqotlarga asos bo‘lishi mumkin, deyiladi bayonotda.
1918 yildan 1964 yilgacha bo‘lgan davrda ortiqcha, yaroqsiz yoki eskirgan o‘q-dorilar Tun, Brenz va Lyusern singari ko‘llar tubiga tashlangan. Ular yuzadan 150—220 metrgacha chuqurlikda yotibdi.
“G‘oyalar tanlovini boshlash orqali Armasyuis kun kelib ko‘llardagi o‘q-dorilar muammoga aylanadigan bo‘lsa, ularni ekologik toza va xavfsiz usullarda yig‘ishtirib olishga akademik doiralarni faolroq jalb qilmoqchi. Agar, bugungi barcha taxminlarga zid ravishda, ko‘l suvi monitoringi davomida o‘q-dorilardan ifloslantiruvchi moddalar ajralayotgani aniqlansa, xavotirlar haqiqatga aylanadi”, — deyiladi bayonotda.
Bayonotga ko‘ra, 2005 yilda ham ko‘l suvini tozalash usullari ko‘rib chiqilgan edi, o‘sha paytda o‘q-dorilarni olib chiqish bo‘yicha taklif qilingan barcha yechimlar ko‘lning sezgir ekotizimi uchun katta xavf tug‘dirishi ma’lum bo‘lgan.
Tozalashdagi muammolarga qurollarning portlab ketishi xavfi, suvning chuqurligi, oqim, shuningdek, vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan o‘q-dorilarning holati, o‘lchami va og‘irligi kiradi.
Yana bir qiyinchilik shundaki, ba’zi komponentlar magnitsiz mis, jyez yoki alyuminiydan tayyorlangan.
“Ushbu omillarning barchasi o‘q-dorilarni ekologik xavfsiz utilizatsiya qilish uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda”, — deyiladi idora xabarida.
Tanlov 2025 yil 6 fevralgacha davom etadi, g‘oliblar aprel oyida e’lon qilinadi.
Shveytsariya hukumati eski o‘q-dorilar muammosini birinchi marta hal qilayotgani yo‘q.
2020 yilda Mitholz qishlog‘idagi omborxonadan 3500 tonna portlovchi moddalar olib ketilgan, buning uchun qishloq aholisi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. 1947 yilda o‘sha omborda saqlanayotgan 7000 tonna portlovchi moddalar portlab, to‘qqiz kishining hayotiga zomin bo‘lgandi, hodisa qishloqqa ham katta zarar yetkazgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

15:50 / 30.05.2025
Muz ko‘chkisi Alp tog‘laridagi qishloqni yakson qildi. Tabiiy ofatdan oldingi va keyingi suratlar

18:47 / 28.05.2025
Shveytsariya 71 ta Leopard tankining Germaniyaga sotilishiga ruxsat berdi

14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi

01:40 / 15.05.2025