Amerikaning Northrop Grumman harbiy-sanoat korporatsiyasi Ukrainada örta kalibrli öq-dorilar işlab çiqarişni yölga qöymoqçi. Bu haqda kompaniya vakili Deyv Bartellga tayanib, 19 iyun, çorşanba kuni Breaking Defence xabar berdi. «Northrop bilan hamkorlikda işlab çiqariş şartnomasi AQŞning yirik mudofaa pudratçisi va Ukraina hukumati örtasida Ukrainada işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş böyiça oçiq tasdiqlangan birinçi kelişuvdir», — deyiladi naşrda. 

Parijda bölib ötgan Eurosatory 2024 xalqaro körgazmasida sözga çiqqan Bartellning sözlariga köra, loyiha kelajakda 155 mm kalibrdagi tank va artilleriya öq-dorilari, şuningdek, boşqa snaryadlarni işlab çiqarişni qamrab olişi rejalaştirilgan. Northrop vakili rejaning tafsilotlarini keltirmadi. 

Davlat kotibining harbiy-siyosiy masalalar böyiça yordamçisi örinbosari Stenli Braun, öz navbatida, Davlat departamenti Ukraina mudofaa sanoati bazasiga 2 milliard dollar sarmoya kiritişni nazarda tutuvçi yangi dasturi AQŞ-Ukraina qöşma işlab çiqarişini yanada kengaytiriş uçun eşik oçişi mumkinligini ta’kidladi. 

Northrop Grumman ştab-kvartirasi Virjiniya ştatida joylaşgan. Korporatsiya mudofaa daromadlari böyiça dunyoda uçinçi örinda turadi, bu yiliga taxminan 32,5 milliard dollarni (30 milliard yevrodan ortiq) taşkil etadi. 

Ukrainada Rheinmetall va «Ukroboronoprom» qöşma sexi oçilgan

Ukrainada «Ukrainskaya oboronnaya promyşlennost» davlat kompaniyasi (sobiq «Ukroboronprom») va Germaniyaning Rheinmetall konserni zirhli transport vositalarini ta’mirlaş va işlab çiqariş böyiça birinçi qöşma sexi oçildi, deya ma’lum qildi 10 iyun kuni Ukraina strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamişin. Uning sözlariga köra, «ukrainalik mutaxassislar sexda Germaniyadan kelgan hamkasblarining texnik nazorati ostida işlaydi» va «Ukrainada soliqlar tölanadi».

Öz navbatida, Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Dmitriy Klimenkov «Ukrainskaya oboronnaya promyşlennost» va Rheinmetall birinçi qöşma sexining oçilişi Ukraina mudofaa salohiyatini mustahkamlaşda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. «Bu bizga nemis texnikasini töğridan töğri Ukraina hududida tezkor ta’mirlaş va texnik xizmat körsatişni ta’minlaş imkonini beradi, bu esa Qurolli kuçlarimiz samaradorligini sezilarli darajada oşiradi», — deya uning sözlarini keltiradi «RBK-Ukraina» internet-naşri. 

Rheinmetall har yili özini Rossiyadan himoya qilayotgan Ukrainada 155 mm kalibrdagi NATO artilleriya snaryadlarini işlab çiqarişni rejalaştirmoqda, Kiyev ularni hozirça faqat import qilişi mumkin. Dastlabki snaryadlar 2025 yilning yozida Ukrainadagi işlab çiqariş liniyasidan çiqişi kutilyapti.