Gimnastikachi Chusovitina to‘qqizinchi Olimpiadaga yo‘llanma olish imkoniyatidan deyarli mahrum bo‘ldi
48 yoshli gimnastikachi Parij-2024 o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun yana bir imkoniyatga ega: may oyida o‘tkaziladigan Osiyo chempionati ko‘pkurash bahslarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishi kerak, lekin bu deyarli imkonsiz.

Foto: MOQ matbuot xizmati
O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi, bu uning faoliyatidagi to‘qqizinchi katta musobaqa bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga tayanib RBK xabar berdi.
Yaqinda Bokuda bo‘lib o‘tgan Jahon Kubogi bosqichida Chusovitina tayanib sakrash bo‘yicha saralash musobaqasida atigi 23-o‘rinni egalladi. Oqibatda, gimnastikachi Parijdagi o‘yinlar uchun yo‘llanma qo‘lga kiritish imkoniyatidan deyarli mahrum bo‘ldi.
Chusovitina 24-26 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionatida Parij-2024 yo‘llanmasi uchun yana bir bor kurashishi mumkin. Buning uchun u ko‘pkurash musobaqasida birinchi o‘rinni egallashi kerak bo‘ladi. Ammo Chusovitina so‘nggi yillarda ko‘pkurash bahslarida deyarli ishtirok etmagan.
Oksana Chusovitina - badiiy gimnastikaning noyob vakili. SSSR, Germaniya va O‘zbekiston terma jamoalari tarkibida sakkizta yozgi Olimpiya o‘yinlarida (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) qatnashgan.
1992 yilda Barselonada u Birlashgan jamoa tarkibida jamoaviy musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2008 yil Pekin Olimpiadasida Germaniya terma jamoasi tarkibida tayanib sakrashda kumush medalga ega bo‘ldi.
Tokio-2020 Olimpiadasida Chusovitina final musobaqasiga chiqolmadi. Shundan so‘ng, faoliyatini yakunlamoqchi edi. Biroq, fikridan qaytb, to‘qqizinchi olimpiada uchun kurashishga qaror qildi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid

17:57 / 08.03.2025
Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina – jahon kubogi g‘olibiga aylandi

20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi

18:15 / 13.09.2024
O‘zbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodisiz – Shavkat Mirziyoyev

21:04 / 07.09.2024