Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boshqa tilni o‘rganish miyaning qarishini sekinlashtiradi – tadqiqot
Atigi bitta qo‘shimcha til tez qarish xavfini kamaytiradi, deb hisoblamoqda tadqiqotchilar.
Foto: Getty images
80 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bir nechta tilni bilish miyaning qarishini sekinlashtirishi va kognitiv qobiliyatlarning pasayishidan himoya qilishi mumkin. Bunday odamlarda faqat bir tilda so‘zlashuvchilarga qaraganda tez qarish ehtimoli ikki baravar kam. Tadqiqot natijalari Nature Aging jurnalida chop etildi.
Ko‘p tillilik va sog‘lom qarish o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish uchun olimlar hisoblash yondashuvidan foydalandi. Ushbu tadqiqotda Yevropaning 27 mamlakatidan 51 yoshdan 90 yoshgacha bo‘lgan 86 ming sog‘lom kishi ishtirok etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, faqat bitta tilda so‘zlashuvchilarda yoshdagi bioxulq-atvor farqining paydo bo‘lish ehtimoli (yashalgan yillar soni va bashorat qilingan yosh o‘rtasida) ikki yoki undan ortiq tilda so‘zlashuvchilarga qaraganda ikki baravar yuqori bo‘lgan. Tillar ko‘payishi bilan bu ta’sir kuchayib bordi.
«Atigi bitta qo‘shimcha til tez qarish xavfini kamaytiradi. Ammo siz ikki yoki uchta tilda gapirganingizda, bu ta’sir kuchliroq bo‘ladi», dedi Agustin Ibanes, Chili Universiteti neyrobiologi.
Bunday keng ko‘lamli tadqiqot «haqiqatan ham boshqa omillar emas, balki ko‘p tillilik bizni qarishdan himoya qiladi, degan pozitsiyani mustahkamlaydi».
Tadqiqotchilar o‘z xulosalari siyosatchilarga ta’sir qilishiga va ularni ta’lim sohasida til o‘rganishni rag‘batlantirishga undashiga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
23:31 / 26.11.2025
Yoshlik 30 yoshgacha davom etadi: yangi tadqiqotda inson miyasi yoshining besh bosqichi aniqlandi
22:38 / 26.07.2025
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
21:57 / 17.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
21:26 / 08.04.2025