O‘zbekiston | 15:19 / 31.07.2018
15650
2 daqiqa o‘qiladi

"OTMlarga kirish imtihonlarida to‘liq shaffoflik ta'minlanadi!" - Aziz Abduhakimov

2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari (OTM)ga kirish imtihonlarida to‘liq ochiqlik va shaffoflik ta'minlanadi. Shu bilan birga, bu yilgi test sinovlari jarayonlarini onlayn va mahalliy televideniye orqali kuzatish imkoni mavjud bo‘ladi. KUN.UZ muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalari (OTM)ga kirish imtihonlariga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 

"Joriy yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan OTMlarga kirish imtihonlarini adolatli, shaffof va ochiq shart-sharoitlarda o‘tkazish jarayonlariga yangicha yondashildi. Eng asosiysi, imtihonlarda to‘liq shaffoflik ta'minlanmoqda. Shu maqsadda kirish imtihonlaridagi barcha jarayonlar  test2018.uz sayti hamda UzdigitalTV, viloyatlarda esa mahalliy televideniye orqali to‘liq onlayn namoyish etiladi", - deydi Aziz Abduhakimov.

Bosh vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha, endi ota-onalar jaziramada soatlab farzandlarining imtihon topshirib chiqishlarini kutib o‘tirishlariga hojat yo‘q. Buning o‘rniga OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tayotganini bemalol uyda, qulay sharoitlarda kuzatishlari mumkin. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid