Toşkent şahrida havoni namlaş orqali çanglanişni kamaytiriş maqsadida jami 93 ta suv sepiş texnikasi hamda 95 ta favvora faoliyat olib bormoqda. 34 ta kanaldan 40 ta ariq va lotoklarga suv yetkazib berilib, umumiy suğoriş tarmoğining 247 kilometrini taşkil etmoqda. Bu haqda Toşkent şahrida ekologik vaziyat böyiça maxsus komissiya rahbari, Ekologiya qömitasi raisi Aziz Abduhakimov xabar berdi.

Uning sözlariga köra, quyidagi vazifalar ustuvor etib belgilandi:

- eskirgan va yaroqsiz şinalar aylanmasini nazorat qiliş;

- ariqlar tizimini tiklaş;

- sanoat-korxonalari tomonidan atrof-muhitga çiqariladigan taşlanmalar hajmini vaqtinçalik ikki barobarga kamaytiriş;

- quriliş obektlarini topşirişda 25 foiz yer maydonini yaşillik bilan qoplaş va avtotransport ğildiraklarini yuviş va suv sepiş moslamalarini örnatişni ta’minlaş böyiça nazorat reydlari amalga oşirilmoqda.

Qayd qilinişiça, şahar hududida usti oçiq holda harakatlanayotgan va atrof-muhitni ifsolantirayotgan yuk transport vositalariga nisbatan çoralar körilmoqda.

Aziz Abduhakimovning ta’kidlaşiça, maxsus komissiya tomonidan örnatilgan nazorat vaqtinçalik emas, tizimlidir.