Bugungi kunda Markaziy Osiyo iqlim özgarişiga eng zaif hududlar qatoriga kiradi. Jahon meteorologiya taşkilotining 2020 yil mart oyidagi hisobotiga köra, mintaqada isiş sur’atlari global örtaça körsatkiçdan ikki baravar yuqori hisoblanadi. Ostona şahrida bölib ötayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida çiqiş qilgan Özbekiston Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov toğli hududlardagi ekologik vaziyatni barqarorlaştiriş borasida qator takliflarni ilgari surdi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri. 

«Markaziy Osiyodagi toğ ekotizimlari suv, oziq-ovqat va ekologik xavfsizlikni ta’minlovçi asosiy omillardan biridir. Xususan, mintaqa suv resurslarining 80 foizigaça bölgan qismi aynan toğlarda şakllanadi va bu bevosita mamlakatlarimizning barqaror rivojlanişiga ta’sir körsatadi. Şu bilan birga, xavotirli tendensiyalar kuzatilmoqda. Sönggi ön yilliklarda mintaqa muzliklar hajmining 30 foizigaça qismini yöqotdi va bu jarayon tezlaşişda davom etyapti. Özbekiston mintaqaviy hamkorlikni kuçaytiriş va faol çoralarni boşlaş tarafdori. Biz transçegaraviy moslaşuv dasturlarini amalga oşirişni, toğ kun tartibini milliy iqlim majburiyatlari va moslaşuv rejalariga integratsiya qilişni qöllab-quvvatlaymiz», dedi Aziz Abduhakimov.

Ekoqömita raisi toğ örmonlari va yaylovlarini tiklaş, suv yiğiş hududlarini himoya qiliş hamda ekotizimlarni barqaror boşqarişga alohida ahamiyat qaratilişini ta’kidlab ötdi.

«Şu örinda toğ hududlarini örganiş böyiça ilmiy dasturlarni işlab çiqiş va amalga oşirişni taklif etamiz. Bu aholining ekologik savodxonligini oşiriş uçun toğ bioxilma-xilligi holati haqida dolzarb ma’lumotlar berişga xizmat qiladi. Bunday yondaşuv bioxilma-xillik uçun muhim hududlarda inson va yovvoyi tabiat örtasidagi mojarolarning oldini olişga ham yordam berişi mumkin», dedi u.

Abduhakimovga köra, Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqlim özgarişiga moslaşişi uçun milliardlab dollar pul kerak, ammo amaldagi moliyalaştiriş darajasi juda çeklanganligiça qolyapti. Şu jihatdan, xalqaro taşkilotlardan mablağ jalb qilişni kengaytiriş kerak.