Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
“Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida baxtsiz hodisalarning oldini olish va inson hayotiga xavf soluvchi omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Foto: Kun.uz
Unga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab bosim ostida ishlovchi sig‘imlarda ijtimoiy jihatdan o‘ta xavfli mahsulot saqlanishini inobatga olgan holda, muqaddam iste’molda bo‘lgan (besh yildan oshiq) hamda ishlab chiqarish muddatini aniqlash imkoni mavjud bo‘lmagan sig‘imlarni respublika hududiga olib kirish va xizmat muddati tugagan avtomobillarga gaz quyish (propan) va avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor (metan) shoxobchalari, gaz to‘ldirish stansiyalari (Gs) va punktlari (GTP)larda o‘rnatilgan bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilmaydi va foydalanishdan chiqariladi;
neft mahsulotlari (benzin, dizel yonilg‘isi) va suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash sig‘imlari va ularni tarqatish ustunlari bir joyda joylashtirilgan holdagi konteynerlarni o‘rnatish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Tegishli idora va vazirliklar 2026 yil 1 martdan boshlab respublikadagi mavjud yoqilg‘i quyish, saqlash va tarqatish inshootlari hamda chakana savdo shoxobchalarida yuz berishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va mehnat muhofazasini shuningdek, ushbu obektlarni joylashtirishda shaharsozlik norma va qoidalariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash maqsadida bir yilda bir marotaba xodimlarning bilim darajasini tekshirish va ularni malakasini oshirish mexanizmlarini nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqadi.
O‘zenergoinspeksiya hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan yong‘in va sanoat xavfsizligi, texnologiya talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha bir yilda kamida bir marotaba majburiy ravishda Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish bo‘yicha vakilni 24 soat ichida xabardor qilish tartibida tekshirish o‘tkazilishi ta’minlaydi.
2026 yil 1 aprelga qadar fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga, jumladan muhofaza zonalari talablariga javob bermaydigan shoxobchalarni xavfsiz hududlarga ko‘chirish choralari ko‘riladi.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:14 / 04.12.2025
AYoQShda neft mahsulotlari sifati ustidan nazorat kuchaytirildi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025