Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AYoQShda neft mahsulotlari sifati ustidan nazorat kuchaytirildi
Aholini sifatli va ekologik toza yonilg‘i bilan ta’minlash maqsadida avtoyo‘l yoqasidagi yonilg‘i quyish shoxobchalari (AYoQSh)da Ai-80 markali avtobenzinni sotish to‘xtatilganiga rioya etilishi va neft mahsulotlarining sifati bo‘yicha keng qamrovli nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Foto: Kun.uz
Joriy yilning 26 noyabridan 2 dekabrigacha o‘tkazilgan tekshiruvlar doirasida 90 ta AYoQShdan 191 ta namuna olindi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 23 ta holatda jami 306 430 litr neft mahsulotlari davlat standartlari talablariga javob bermasligi, ya’ni sifatsizligi aniqlandi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil boshidan buyon neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 632 ta obekt o‘rganilgan, shulardan 210 ta obektda 8 576 466 litr sifatsiz neft mahsulotlari aniqlanib, ularning sotuvga chiqarilishi oldi olingan.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha mahsulot sifati tiklanishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, ularning bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Texnik reglament talablariga javob bermaydigan va me’yoridan ortiq zaharli moddalar chiqishiga sabab bo‘ladigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilish uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik mavjud.
Mavzuga oid
14:04 / 06.01.2026
Buxoroda AI-95 deb sotilgan benzin avtomobilni buzib qo‘ydi
15:22 / 30.12.2025
Rossiya benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni to‘rtinchi marta uzaytirdi
11:23 / 26.12.2025
AYoQShda tekshiruv: davlat standartiga mos bo‘lmagan mahsulotlar aniqlandi
17:20 / 22.11.2025