Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z joniga qasd qilish holatlari bo‘yicha psixiatriya muassasalari xabardor qilinadi
Foto: Undercover Psychic
Psixiatriya muassasalarini o‘z joniga qasd qilish harakatlari to‘g‘risida majburiy ravishda xabardor etish tartibi haqidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Nizomga muvofiq Ichki ishlar organlari har bir o‘z joniga qasd qilish holati yuzasidan o‘sha shaxs yashaydigan manzildagi ambulator psixiatriya muassasasini zudlik bilan xabardor etadi.
Bordi-yu, mazkur holat sog‘liqni saqlash, xalq ta'limi, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari tomonidan aniqlangan taqdirda, ular bu haqda o‘zi joylashgan manzildagi ichki ishlar organlariga tezkor ma'lum qilishlari kerak.
Shaxsda o‘tkir psixoz yoki ruhiy kasalliklar xuruji sababli o‘z joniga suiqasd qilingani aniqlanganda, unga shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatilgach, yashash manzili bo‘yicha psixiatriya statsionarlariga o‘rnatilgan tartibda joylashtiriladi.
Shuningdek, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlari yuzasidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari hamda ambulator psixiatriya muassasalari tomonidan hisobot tayyorlanib, tegishli tartibda hududiy bosh suitsidologlar yoki bosh psixiatrlarga taqdim etiladi.
Hisobotlar Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi tomonidan umumlashtirilib, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026