Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari. Moskvada ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Foto: Komsomolskaya pravda
Moskva shahri janubi-g‘arbida joylashgan kafedagi maishiy mojaro O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining “birga bir” ommaviy mushtlashuvi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda "KP".
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ommaviy mushtlashuv haqida guvohlar tungi soat taxminan ikkilarda IIB navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishgan.
"Sevastopol shohko‘chasidagi sharq oshxonasiga ega kafeda ikki erkaklar guruhi dam olib o‘tirgan bo‘lgan, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari, - deya aytib o‘tgan huquqni muhofaza qilish organlaridagi manba “KP”ga. – Uzoq o‘tirishgan. Mast bo‘lishgan. Kafe xodimlarining aytishicha, ular o‘rtasidagi mojaro arzimagan narsadan kelib chiqqan – bir kishi boshqasini yelkasi bilan turtib yuborgan. Janjallashib qolganlarga do‘stlari yordamga kelishgan”.
Moskva politsiyasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, voqea joyiga yetib kelgan patrul xizmati xodimlari 12 kishini qo‘lga olishdi. Ular yaqin oradagi politsiya bo‘linmasiga yuborildi. Mojaro tafsilotlari, kim mushtlashuvda qay darajada ishtirok etgani aniqlashtirilmoqda.
"Ikki erkak shifoxonaga olib ketildi, - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan politsiyadan. – Har ikkisida ham jarohatlar. Ulardan biriga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilgach javob berilgan".
Mavzuga oid
13:56 / 08.01.2026
Sobiq deputat Rossiya Konstitutsiyaviy sudida “chet el agentlari” haqidagi qonunga qarshi chiqdi
15:07 / 29.12.2025
Moskvada dronlar sabab 312 ta aviareys kechiktirildi va bekor qilindi
16:12 / 27.12.2025
“Meduza” asoschisi Timchenko sirtdan 5 yilga koloniyaga hukm qilindi
10:25 / 27.12.2025