Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda turizmni rivojlantirish uchun 30 mln dollar ajratiladi
Prezidentning “Samarqand viloyatida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda turizm salohiyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga 30 mln dollar miqdoridagi kreditni ajratadi. U 5 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 3 foiz stavka bo‘yicha ajratiladi.
Samarqand viloyati hokimligi kreditdan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas'ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi. Kreditni qoplash va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar Samarqand viloyatining mahalliy budjeti qo‘shimcha manbalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Samarqand viloyati hokimiga bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash topshirildi.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Samarqand viloyati hokimligiga ajratilgan kreditning 2021 yilda so‘ndiriladigan asosiy qismi prezidentning 2018 yil 16 martdagi PQ-3608-son qaroriga muvofiq 2022 yilga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:40 / 06.01.2026
Yaponiyadagi auksionda tuna balig‘i millionlab dollarga sotildi
23:02 / 05.01.2026
2026 yilda dunyo qiyofasini belgilaydigan 11 ta me’moriy loyiha
15:41 / 02.01.2026
20 ta turizm klasteri tashkil etilib, 4 mingta yangi mehmonxona va xostel ochiladi
13:59 / 30.12.2025