Turizm | 13:59
365
1 daqiqa o‘qiladi

2025 yilning 11 oyida O‘zbekistonga 10,7 mln turist tashrif buyurdi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 10,7 million nafar chet el fuqarolari kelgan. Ushbu davrda mamlakatga 200 ta davlatdan sayyohlar tashrifi qayd etildi.

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 10,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Mazkur davrda mamlakatga 200 ta davlatdan turistlar kelgani qayd etilgan.

Statistikaga ko‘ra, tashrif buyurganlarning 5 850 226 nafarini erkaklar, 4 899 104 nafarini ayollar tashkil etgan.

Turistlarning yosh bo‘yicha taqsimoti esa, 0–18 yoshdagilar 1 383 437 nafar, 19–30 yoshdagilar 1 756 723 nafar, 31–55 yosh toifasidagilar 5 427 650 nafar bo‘lgan. 56 yosh va undan katta turistlar soni esa 2 181 520 nafarni tashkil etgan.

Mavzuga oid