O‘zbekiston | 12:16 / 17.01.2019
10808
4 daqiqa o‘qiladi

Dorilar yaroqlilik muddatiga nisbatan qo‘llaniladigan chegaraviy muddatlar belgilanadi

Foto: Fotolia

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalarining yaroqlilik muddatlariga nisbatan qo‘llaniladigan chegaraviy muddatlarni belgilash (ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan umumiy yaroqlilik muddatidan foiz nisbatida) va ushbu muddatlar tugagan hollarda ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan dori vositalarining yaroqlilik muddatlariga nisbatan qo‘llaniladigan chegaraviy muddatlarni belgilash (ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan umumiy yaroqlilik muddatidan foiz nisbatida) va ushbu muddatlar tugagan hollarda ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanishi mumkin. 

Mazkur Nizom ishlab chiqaruvchi tomonidan dori vositalari, dori preparatlarini o‘rnatilgan, umumiy yaroqlilik muddatidan foiz hisobida qoldiq yaroqlilik muddatini hisobga olgan holatda, ushbu muddatlar tugagan hollarda dori preparatlari iste'mol o‘ramini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yo‘l qo‘ymasligini belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”  qonuniga muvofiq, davlat dori vositalarining asosiy turlarini bemalol olishni va ular sifatli bo‘lishini kafolatlaydi, shuningdek, dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish va ulgurji realizatsiya qilish taqiqlanadi.

Dori preparatining yaroqlilik muddati: “muddatgacha yaroqli (oy, yil)” yoki “gacha (oy, yil)”, bunda yaroqlilik muddati yozilgan bo‘lsa “muddatgacha yaroqli (oy, yil)” yoki “gacha (oy, yil)” yaroqlilik muddatini aniqlanishi ko‘rsatilgan oyning 1 sanasidan qilib belgilanishi kerak.

Dori preparatining yaroqlilik muddatining tugashi sanasi-individual o‘ram (odatda yorliq)da ko‘rsatilgan, ungacha dori vositasi to‘g‘ri saqlangan holda tasdiqlangan normativ hujjatlarga mos kelishi kerak bo‘lgan sana. 

Dori preparatining yaroqlilik muddatining tugash sanasida faqat oy va yil ko‘rsatilgan holda, ko‘rsatilgan oyning oxirgi sanasi yaroqlilik muddatining tugashi sanasi hisoblanadi.

Dori preparatlari yaroqlilik muddatini hisobini qilganda, yorliqda ko‘rsatilgan amal qilish muddatini 50 foiz miqdoridan kam bo‘lmagan, tibbiy immunobiologik preparatlarning yaroqlilik muddati 30 foizdan kam bo‘lmagan  muddatda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga va  bojxonada rasmiylashtiruvi amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, dori preparatlarining yaroqlilik muddati ikki yil va undan kam bo‘lsa, qolgan yaroqlilik muddati 50 foizdan kam bo‘lmagan  muddatda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga va bojxonada rasmiylashtiruvi amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Odatda, insonparvarlik yordami tariqasida taqdim etilgan barcha dori preparatning yaroqlilik muddatining qolgan qismi kamida 50% bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga va  bojxonada rasmiylashtiruvi amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Insonparvarlik yordami yuboruvchi tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan yozma kelishuvga asosan, yoki boshqa davlat tashkilot, yoxud to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat davolash-profilaktika muassasalariga yuborilganda, ular tomonidan dori preparatining yaroqlilik muddati tugaguniga qadar ishlatilishiga kafolat berganda istisno tariqasida dori preparatlarning qoldiq yaroqlilik muddati shartnoma shartlariga asosan tartibga solinib, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga va  bojxonada rasmiylashtiruvi amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid