12 ta yirik korxonadagi davlat ulushining bir qismi ommaviy savdoga chiqariladi
Silk Avia aviakompaniyasi va Humo to‘lov tizimidagi 100 foiz davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqariladi. Bundan tashqari, «O‘zbekneftgaz» AJ tarkibiga kiruvchi 4 ta, «O‘zavtosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi 42 ta, «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tarkibiga kiruvchi 9 ta tashkilotdagi davlat ulushlari xususiylashtiriladi.
«Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlar) ro‘yxati;
- ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obektlari ro‘yxati;
- mahalliy fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkaziladigan korxonalar ro‘yxati.
Davlat aktivlari 3 oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazi bundan mustasno) ularning qiymati 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirib boriladi. Aktiv boshlang‘ich narx pasaytirilganidan keyin ham 3 oy ichida sotilmagan taqdirda, xususiylashtirishning boshqa usullari qo‘llanadi.
Joriy yilgacha ijara shartnomalari asosida ijaraga olganiga kamida 5 yil bo‘lgan va majburiyatlarni bajargan tadbirkorlarga xususiylashtirish dasturlariga kirgan davlat mulkini baholangan qiymatda to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish huquqi beriladi.
2024 yil 1 iyuldan davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda:
- korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish uchun kuzatuv kengashiga bo‘ysunadigan korporativ kotibiyat tashkil etiladi;
- korporativ boshqaruvning yangilangan qoidalari va axloq kodeksi joriy etiladi;
- kuzatuv kengashining bayonnomalarini masofadan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish byulletenlari orqali rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.
«O‘zbekneftgaz» AJ tarkibiga kiruvchi 4 ta, «O‘zavtosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi 42 ta, «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tarkibiga kiruvchi 9 ta tashkilotdagi davlat ulushlari xususiylashtiriladi.
Shuningdek, Silk Avia aviakompaniyasi, «Milliy banklararo protsessing markazi» (Humo to‘lov tizimi) va Xumson sanatoriyasidagi 100 foiz davlat ulushi ham ommaviy savdolarga chiqariladi.
Bundan tashqari, 12 ta yirik korxonadagi davlat ulushlarining mahalliy fond bozorida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkaziladi:
Qarorda umumiy hisobda 247 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari va 1028 ta ko‘chmas mulk obekti savdolarga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
15:44 / 21.11.2024
Toshkentdagi International va Lotte mehmonxonalari xususiylashtirildi
13:52 / 21.11.2024
Britaniya O‘zbekistonda davlat kompaniyalarini xususiylashtirishda qatnashmoqchi
21:47 / 20.11.2024
OKMKning qariyb 25 foizi 12,2 trillion so‘mga baholanib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazildi
11:04 / 19.11.2024