Özbekiston Milliy investitsiya jamğarmasi öz aksiyalarining birlamçi ommaviy taklifi (IPO) natijalarini e’lon qildi.

Mahalliy va xalqaro fond bozorlarida bir vaqtda keçgan ommaviy taklif natijasida kompaniyaning 31 foiz aksiyalari 603,6 mln dollarga sotildi.

Xususan:

  • Toşkent fond birjasida qariyb 47,9 million dona aksiya (sotuvga çiqarilgan jami aksiyalarning qariyb 3 foizi) 4,65 sömdan, 12 mlrd sömgaça qiymatda buyurtma bergan jismoniy şaxslarga esa 5 foizlik çegirma bilan 4,41 sömdan sotildi;
  • London fond birjasida esa qariyb 1,5 trillion dona aksiya jami 23,4 millionta global depozitar tilxat (GDR) şaklida 25 dollardan realizatsiya qilindi.

Bundan taşqari, kelgusi 30 kun içida London fond birjasida yana qariyb 3,5 million donagaça GDR qöşimça joylaştiriş opsioni (over-allotment option) doirasida sotilişi mumkin.

Qöşimça opsion töliq realizatsiya qilingan taqdirda, birlamçi ommaviy taklif jamğarmaning 35 foiz uluşi 692 mln dollarga sotilişi bilan yakunlanişi mumkin. Avvalroq aksiyalar sotuvidan tuşgan barça mablağlar davlat budjetiga tuşişi ma’lum qilingandi.

Birlamçi joylaştiriş narxi asosida, Milliy investitsiya jamğarmasining bozor kapitalizatsiyasi 1,95 mlrd dollarni taşkil etdi.

“Mazkur IPO Özbekiston kompaniyasining xalqaro bozordagi birinçi ommaviy taklifi bölib, mamlakatda ham xorijiy, ham mahalliy investorlar uçun qöşimça imkoniyatlarni oçadi, Milliy investitsiya jamğarmasi portfelidagi kompaniyalari bilan birga Özbekistonning boşqa kompaniyalarida ham ommaviy kapital bozorlariga çiqişga rağbat uyğotadi”, – dedi Templeton Global Investmens'ning Markaziy Osiyo böyiça boş direktori Marius Dan.

London fond birjasida bugun, 13 maydan e’tiboran şartli savdolar boşlanişi kutilmoqda. 18 maydan e’tiboran GDR'larning şarsiz savdosi, Toşkent fond birjasida esa aksiyalarning ikkilamçi savdosi boşlanadi.