Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yildan ko‘p qavatli uyga qo‘shimcha qavat qo‘shish uchun loyihani qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi
Prezidentning bino va inshootlar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan qurilishi boshlangan ko‘p qavatli uy-joylarga qo‘shimcha qavat qo‘shish yoki balandligini oshirish uchun loyihani qayta ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish taqiqlanadi. Shuningdek, zilzilabardoshlik bo‘yicha ekspertiza tartibi va noqonuniy qurilmalarga nisbatan choralar ham kuchaytiriladi.
Foto: Kun.uz
“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini ta’minlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan bir qator yangi tartiblar joriy etiladi.
Farmonga ko‘ra:
- milliy normativ hujjatlarga nomutanosib bo‘lgan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralar asosida ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarining ekspertizasi faqat “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
- obektlarning zilzilabardoshligi bo‘yicha ilmiy hamda loyiha hujjatlarining smeta qismidan tashqari shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi xulosalarini tavsiyaviy tarzda berish amaliyoti tugatiladi, ular qaror qabul qilish uchun majburiy ahamiyat kasb etadi;
- obektlarning zilzilabardoshligi bo‘yicha berilgan salbiy xulosa loyiha tashkilotining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi reyting ballarini kamaytirishga asos bo‘ladi.
Eng muhim o‘zgarishlardan biriga ko‘ra, qurilishi boshlangan ko‘p kvartirali uy-joylarga qo‘shimcha qavat qo‘shish yoki balandligini oshirish maqsadida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tegishli arxitektura-shaharsozlik kengashlarida ko‘rib chiqish, ekspertizadan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi.
Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan noqonuniy qurilmalarni buzdirish ishlari narxlari har bir yil uchun alohida belgilab borilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu chora-tadbirlar qurilish sohasida intizomni kuchaytirish, zilzila xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash va noqonuniy qurilishlar bilan keskin kurashishga qaratilgan.
Mavzuga oid
10:05 / 01.04.2026
Qarzdor mol-mulkini sotish va xatlashda yangi qoidalar joriy etiladi
09:58 / 01.04.2026
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi
09:38 / 01.04.2026
Aliment qarzi borlar uchun yangi cheklovlar joriy etiladi
09:13 / 01.04.2026