Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi» - Otabekov koronavirus statistikasiga nisbatan ishonchsizlikka munosabat bildirdi
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Nurmat Otabekov aholidan kelgan murojaat va savollarga javob qaytardi.
Nurmat Otabekov fuqaroning: «Xalq orasida sizlarning kasallanganlar reytingini kamaytirib ko‘rsatayotganingiz haqida gap yuribdi. Shu haqida munosabatingiz qanday?» deya yuborgan savoliga javob qaytardi.
«O‘zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligiga o‘tkazilgan tahlillardan tortib, har kuni qayd etilayotgan bemorlar, ularning yoshi, manzili, qaysi aholi qatlami orasida aniqlanayotgani to‘g‘risida ma'lumotlar kundalik tahlil qilinyapti va aholi e'tiboriga yetkazilyapti. Yuqumli kasalliklar shu jihati bilan ham farq qiladi. Bu kasallikda yashirish o‘zini oqlamaydi.
Shuning uchun ham xalqimizda chiroyli bir gap bor – kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. Bu kasallikning shu darajada yuquvchan ekanini bila turib, statistik ma'lumotlarni yashirishga urinish katta xato ekanini mutaxassislar yaxshi bilishadi.
Shuning uchun sizga rasman taqdim etilayotgan raqamlar bu – haqiqiy raqamlar. Siz boshqa davlatlar bilan solishtirib ko‘rishingiz ham mumkin. O‘zbekistonda ayniqsa qo‘shnilarga nisbatan kasallanish ko‘rsatkichi yuqori ekani bizda statistik raqamlarni yashirishga urinishning yo‘qligini ko‘rsatadigan holat», – deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, brifingda respirator va niqoblar havo o‘tkazmay o‘pkani quritishi to‘g‘rimi deya berilgan savolga ham javob berildi.
«Niqoblar asosan barer, ya'ni to‘siq vazifasini bajaradi. Bemor odam aksirganda, yo‘talganda havoga tarqatadigan mayda zarrachalarni to‘sib qoladi, lekin havoni bemalol o‘tkazadi.
Karbonat angidriddan zaharlanib qolish mumkin degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Masalan, hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlari soatlab niqobni yechmay bemorlarga qarashadi.
Albatta, niqoblardan to‘g‘ri foydalanishga ahamiyat berish kerak, ya'ni ularni har 2 soatda almashtirib turish lozim», – dedi Nurmat Otabekov.
Mavzuga oid
10:56 / 28.09.2025
Shifoxonalarda 182 nafar bola qolmoqda - Nurmat Otabekov Toshkent viloyatidagi holat haqida
11:29 / 27.09.2025
«694 nafar bola shifoxonada qolmoqda, ularning 421 nafariga bugun javob beriladi» – Nurmat Otabekov
15:00 / 10.06.2025
O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz – SSV
11:25 / 30.05.2025