O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatishni rejalashtirmoqda
18 yanvar kuni bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) siyosiy kengashining yig‘ilishida so‘zlagan nutqida 2025 yilga kelib O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz
«2025 yilgacha O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatish, uni o‘zimizda to‘liq qayta ishlash ishlash, shuningdek qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish choralarini ko‘radi», dedi hukumat rahbari.
Abdulla Aripov, shuningdek, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, u joriy yil oxirigacha barcha iste’molchilar uchun elektron gaz va elektr hisoblagichlari o‘rnatilishi haqida gapirdi.
«Bu energiya sarfini kamaytiradi va to‘lovlarni hisoblash bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi», - dedi bosh vazir.
Ma’lum qilinishicha, 2030 yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2 baravar, neft mahsulotlari ishlab chiqarish 1,8 baravar, tabiiy gaz ishlab chiqarish 1,2 baravar va ko‘mir ishlab chiqarish 3,3 baravar oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid

15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi

01:01 / 01.05.2025
Urumchida O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi

11:55 / 28.04.2025
Elektr va gaz qurilmalarini o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi

12:53 / 17.04.2025