Joriy yilning birinçi çoragida Özbekistonda gaz qazib oliş hajmi 9,6 mlrd kub metrni taşkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 1,7 mlrd kub metrga yoki 15 foizga, 2024 yilning mos davriga nisbatan esa 2 mlrd kub metrga yoki 17,2 foizga qisqardi. Xususan, mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olingan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,2 mlrd kub yoki 30,8 foizga kam.
12 may kuni Toşkentda ötayotgan Energetika haftaligi doirasida energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov qazib oliş hajmi kamayişi sabablari haqidagi savolga javob berdi, deya xabar berdi Gazeta.uz.
«Bu böyiça oldin ham aytganmiz, bizda yildan yilga, baribir, tabiiy pasayiş kuzatilmoqda. Gaz qazib çiqariş pasayişi aniq edi, buni körsatganmiz. Faqat asosiy maqsad — buni barqarorlaştiriş va [hajmlarni] uşlab boriş», — degan u.
Vazirning sözlariga köra, buning uçun «Özbekneftgaz» va boşqa hamkorlar bilan birgalikda burğilaş, yangi uskunalar sotib oliş, geologiya-qidiruv va yangi maydonlarni tayyorlaş işlari olib borilmoqda.
«Jumladan, SOCAR va BP bilan hamkorlik aynan Ustyurt mintaqasida yangi konlar va yangi maydonlarni oçişga qaratilgan», — deya ta’kidlagan Jörabek Mirzamahmudov.
Asosiy pasayiş qaysi konlarda kuzatilayotgani haqidagi savolga Energetika vazirligi rahbari gap eski konlar haqida ketayotganini ta’kidladi.
«Asosiy pasayiş, bilasizlar, Şörtanda, ya’ni Buxoro-Xiva va Qaşqadaryo hududlaridagi, öşa eski va doim aytganimizdek, 85−90 foizga özlaştirib bölingan konlarda yuz bermoqda», — degan vazir.









