Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda kuz: sayohatda unutilmas lahzalarni in’om etadigan 7 mashg‘ulot
Kuz Dubayda dam olish uchun ajoyib fasl. Bu paytda sizni qulay ob-havo va mo‘’tadil dengiz harorati, har qanday ta’bga mos keladigan turli ko‘ngilxushliklar, mazali taomlar va a’lo darajada rivojlangan infratuzilma kutadi. Biz ushbu shaharda hordiq chiqarish bo‘yicha kattalarga ham, bolalarga ham yoqadigan bir nechta g‘oyani to‘pladik.
1. Ko‘ngilochar joylar va suv attraksionlarida vaqtni chog‘ o‘tkazish
Kuz faslida Dubayda joylashgan moviy osmon ostidagi va usti yopiq istirohat bog‘lari va attraksionlarning xilma-xilligiga munosib baho berish mumkin. Yoqimli kuz havosi kun davomida ko‘chalar va ochiq tabiat qo‘ynida sayr qilish imkonini beradi, shahar mehmonlari o‘zlari uchun har qanday ta’b va yoshga mos keladigan ko‘plab ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni tanlashlari mumkin.
Dubayning attraksionli eng yaxshi parklari:
IMG Worlds of Adventure (usti yopiq), Motiongate Dubai, RIVERLAND Dubai, Real Madrid World Dubai, Legoland Dubai,

Global Village

Dubayning eng yaxshi suv parklari: Aquaventure Waterpark, Wild Wadi Waterpark, Legoland Water Park hisoblanadi.

2. Jamoat plyajlarida va shinam plyaj klublarida hordiq chiqarish va toblanish
Dubay plyajlari – bu chigallarni yozish uchun a’lo sharoitlarni yaratuvchi mayin qum va Fors ko‘rfazining feruzarang suvi. Bu yerda shezlonglar (quyoshda toblanish uchun mo‘ljallangan moslamalar) va qahvaxonalardan tortib, to ko‘ngilochar suv attraksionlarigacha barcha zarur infratuzilma mavjud. Bundan tashqari, plyajlarning deyarli barchasidan shaharning mashhur osmono‘par binolariga kishini hayratga soluvchi manzara ochiladi. Kunduzi plyajda cho‘milish va toblanish mumkin, kechqurunlari esa qulay va shinam muhitda hamda go‘zal manzarani tomosha qilgan holda oilaviy piknik uyushtirish imkoniyati bor.

Dubayda bepul jamoat plyajlari ham, xususiy plyaj klublari ham faoliyat ko‘rsatadi. Ular kurortda hordiq chiqarishda hamrohlik qiladigan barcha jihatlarni o‘z ichiga olgan, xususan, sizni hech kim bezovta qilmaydi, a’lo darajadagi xizmat, basseynlar, restoranlar, shezlonglar, soyabonlardan foydalanish imkoniyati va hokazolar.
Dubaydagi jamoat plyajlari: Umm Suqeim 1 (Kite Beach), Jumeirah 3 (Sunset Beach), Jumeirah 2 (Nessnass Beach), The Beach v JBR, Al Mamzar.

Tunda cho‘milish mumkin bo‘lgan plyajlar: Jumeirah 2, Jumeirah 3, Umm Suqeim 1.
Plyaj klublari Dubayning sohilbo‘yida joylashgan deyarli barcha mehmonxonalarida mavjud. Ularda haqiqiy lyuks variantlardan tortib, hamyonbop oilaviy variantlargacha bo‘lgan plyajlar faoliyat ko‘rsatadi. Mana, ularning ayrimlari: Byron Bathers Club, Kaimana beach club, Riva Beach Club, JA The Resort, SOLE MIO, February 30.
3. O‘zingiz va yaqinlaringiz uchun xaridlar yoki esdalik sovg‘alari
Shoping – millionlab sayyohlar har yili Dubayni tanlashining yana bir sababchisidir. Shaharda har qanday did va cho‘ntakka mos keladigan tovarlarni taklif qiluvchi ko‘plab yirik savdo markazlari bor. Bu yerda siz telefonlarning oxirgi modellarini, dizaynerlik liboslari va taqinchoqlarni hamda kundalik tovarlarni topasiz. Kuzda Dubayga safar qish mavsumiga garderobni yangilash uchun ideal imkoniyat. Do‘konlarda TAX FREE’ni rasmiylashtirish esingizdan chiqmasin, bu manfaatli xaridlaringizga yoqimli bonus bo‘ladi.

Aytgancha, Dubayning savdo markazlari faqatgina shoping qilish uchun mo‘ljallanmagan, ularning har birida kattalar va bolalar uchun ko‘ngilochar hordiq chiqarish maskanlari, qahvaxonalar, restoranlar faoliyat ko‘rsatadi.
Dubayning yirik savdo markazlari:
● Dubai Mall – besh oylik tanaffusdan so‘ng 1 oktyabrdan tiklangan raqsga tushuvchi favvoralar shousini tomosha qiling. Bu mavsumda u yangicha “raqsga tushadi”;

● Mall of The Emirates;
● Dubai Hills Mall;
● Palm Jumeirah Mall (sobiq Nakheel Mall);
● Dubai Festival City – xaridlar kunini Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan kishini hayratga soluvchi IMAGINE yorug‘lik shousini tomosha qilish bilan yakunlang.
An’anaviy uslubda tayyorlangan esdalik sovg‘alarni xarid qilishni istaysizmi? Mana sizga savdo markazlari:
● Souk Madinat – arab qal’asi ko‘rinishida barpo etilgan savdo markazi, bu yerda siz turli-tuman suvenirlar, antiqa va dizaynerlik buyumlarini bir joydan topasiz.
● Deyradagi Oltin bozori (Gold Souk);
● Ziravorlar bozori (Spice Souk);

● Al Seef – an’anaviy uslubda qurilgan mavze, bu yerda ko‘plab esdalik sovg‘alarini xarid qilish va milliy taomlardan tatib ko‘rish mumkin.
Bozorlarda savdolashishni unutmang – bu nafaqat tejash usuli, balki mahalliy an’ananing bir qismi hamdir.
4. Dubay tarixi va madaniyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish
Havo harorati ko‘chada sayr qilish uchun qulay bo‘lgan kuz mavsumida ko‘proq vaqtingizni Dubayning tarixiy diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rishga bag‘ishlashingiz ham mumkin.
Al Seef mavzelaridagi tor ko‘chalarni aylaning, mahalliy savdogarlarning do‘konchalariga kirib ko‘ring. Tarixiy Al Fahidi mavzesida tosh, yog‘och, gips, palma va sandal daraxtlarining yog‘ochidan qurilgan an’anaviy shamol minoralarini, shuningdek kichikroq muzeylar, mahalliy taomlarni tayyorlovchi mo‘’jazgina qahvaxonalar va restoranlarni ko‘rasiz.

Dubai Creek ko‘rfazi bo‘ylab abra qayig‘ida sayr qiling va eski shahar manzaralaridan bahra oling. Bunday sayr bor-yo‘g‘i bir dirham turadi, ammo sizda yorqin tassurotlarni qoldiradi.
Agar tarixga qiziqsangiz, Etihad Museum muzeyiga boring, Dubai Frame romini tomosha qiling: uning tomosha maydonidan birdaniga bir nechta manzara ochiladi: bir tomondan tarixiy Dubay (Bur Dubay va Deyra), boshqa tomondan esa – osmono‘par binolarni, shu jumladan Burj-Xalifani o‘z ichiga olgan zamonaviy megapolis. Shuningdek Dubay Krik ko‘rfazi va hatto sahro manzarasini ham ko‘rish mumkin.
5. Dunyoga mashhur diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish
Dubayning ko‘plab diqqatga sazovor joylari shahar timsoliga aylangan. Agar Dubayga birinchi marta kelgan bo‘lsangiz, borib ko‘rishingiz shart bo‘lgan bir nechta joy bor: dunyodagi eng baland Burj Khalifa minorasi, Kelajak Muzeyi binosining g‘aroyib arxitekturasi, kishini o‘ziga maftun etuvchi Dubai Fountain favvoralar raqsi, dunyodagi eng baland Ain Dubai tomosha chambaragi.
6. Turli-tuman taomlarga baho berish
Dubay – jahon gastronomiyasining poytaxtlaridan biri. Shaharda deyarli barcha dunyo mamlakatlarining taomlari taqdim etilgan, restoranlarning ko‘pchiligi esa Michelin gidida va boshqa nufuzli mukofotlar bilan qayd etilgan.

Bu yerda ko‘cha ovqatlarining juda katta tanlovi mavjud. Fudtraklar joylashgan o‘ziga xos makonlar – Global Village yarmarkasi, The 77 Valley, Al Qudra sahrosidagi Last Exit, Al Satwa va Al Karama mavzelari, shuningdek, Dubai Mall’dagi Time Out Market fudkorti.
7. Adrenalin va yangi hissiyotlarni boshdan kechirish
Dubayga har bir sayohat unutilmas his-tuyg‘ularni taqdim etadi, ularni yanada yorqinroq qiling va o‘zingizga yangi taassurotlarni in’om eting.
Desert Safari (sahro safarisi) – kishida bir umrlik xotiralarni qoldiruvchi Dubaydagi eng qiziqarli attraksionlardan biri. Sizni qumtepaliklar bo‘ylab yo‘ltanlamas avtomobilda sayr qilish (safari), tuyada yurish, quyosh botadigan paytda sahroning go‘zal manzalarini fotosuratga olish, keyin esa an’anaviy lagerda dam olish imkoniyati kutadi.

XLine Dubai Marina attraksionidan Marina hududiga yangi rakursdan nazar tashlang. Bu dunyodagi eng uzun va tik shahar ziplaynlaridan biri. Siz Marina Torch osmono‘par binosidan soatiga 80 km tezlikda 170 metrga yaqin balandlikda Marina hududi ustidan uchib o‘tasiz va Sheraton Jumeirah mehmonxonasi yonida qo‘nasiz.
Sky Views Observatory – bu Dubayning qoq yuragida joylashgan tomosha maydoni bo‘lib, u oddiy tomoshani emas, balki balandlikdagi haqiqiy attraksionlarni taklif qiladi. Maydon Address Sky View egizak minoralarning (Burj-Xalifa yonida) 52 va 53-qavatlarida 219,5 metr balandlikda joylashgan. Bu yerda shaffof shisha galereya mavjud bo‘lib, undan shaharning hamma tomonini tomosha qilish mumkin. Bundan tashqari, binoning tashqi tomonidan o‘tgan Glass Slide shisha “tog‘i” va xuddi shunday boshni aylantiruvchi balandlikda karniz bo‘ylab sayrni taklif etuvchi Edge Walk ekstremal ko‘ngilochar attraksioni bor.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
22:38 / 16.11.2025
Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochildi
17:19 / 14.11.2025
Boylarni rom etgan megapolislar. Milliarderlar asosan qaysi shaharlarda yashaydi?
22:02 / 07.11.2025
Dubay badavlat odamlar uchun eng jozibador shaharlar reytingida yetakchilik qilmoqda
20:08 / 11.10.2025