O‘zbekiston | 20:29 / 10.09.2025
2403
1 daqiqa o‘qiladi

Ruslan Salahutdinov ham ICT Week Uzbekistan 2025 tadbirida mehmon bo‘ladi

Foto: Shaxsiy arxiv

Meta kompaniyasida sun’iy intellekt tadqiqotlari vitse-prezidenti Ruslan Salahutdinov barchani ICT Week Uzbekistan 2025 tadbiriga chorladi.

23–26 sentabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx markazida o‘tkaziladigan ushbu haftalikda konferensiyalar, ko‘rgazmalar va seminarlar orqali sohadagi global tendensiyalar, innovatsiyalar va yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi.

ICT Week Uzbekistan 2025 quyidagilarni birlashtiradi:

➡️ 20 000 dan ortiq tashrifchilar, tadbirkorlar, investorlar va +50 mamlakatdan keladigan ekspertlar;

➡️ 500+ startaplar va mintaqaning eng istiqbolli loyihalari;

➡️ 300 dan ziyod ishtirokchi kompaniyalar hamda 20 mamlakat pavilyonlari (15 ming kv.m maydonda);

➡️ 20+ xalqaro media vakillari va boshqa ko‘plab mehmonlar.

Mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tish va joy band qilish mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid